35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamkorligida Mirzayon mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosi doirasida deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
🔹Uchrashuv davomida mahallada aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar murojaatlarini tizimli o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, hudud obodonchiligi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishlarida deputatlar va “mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
🔹Shuningdek, Senat Kengashi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda mahallalarda mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
🔹Yakunda mahalla rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish hamda fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lida deputatlar va “mahalla yettiligi”ning yaqin hamkorligini izchil davom ettirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 7