Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Kiritilgan masalalar bo‘yicha:
Tegishli soha rahbarlarining hisobotlari hamda axborotlari tinglandi;
Yoshlar o‘rtasida madaniyat va sportni ommalashtirish, ijtimoiy muhofazani kuchaytirishga qaratilgan amaliy takliflar ko‘rib chiqildi;
Sessiya kun tartibiga kiritiladigan qaror loyihalari atroflicha tahlil qilinib, komissiyaning tegishli xulosasi shakllantirildi.
Tadbir yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va sessiya muhokamasiga kiritish uchun tavsiya etildi.