35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#deputatlik_faoliyati

🗓 HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 12-"Yangiobod" saylov okrugida M.To'laboyeva, kotibiyat mudiri K.Umarboev hamda shahar Kengashi kotibiyat xodimlari tomonidan "Yangiobod" mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 🏘

📈Nazorat tadbiri davomida "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan hokim yordamchisining aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 2 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilgani, 15 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlangani aniqlandi. Shuningdek, yil boshidan buyon 35 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida fuqaro o‘zini- o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani qayd etildi.

📝Uchrashuv yakunida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Slide 1 of 1