📍 Navbatdagi manzil — Tojimaxal ko‘chasi.
Bu galgi muloqotda asosiy e’tibor yoshlarning mahalla hayotidagi faolligini oshirishga qaratildi. Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi M.Kalbayev bilan birgalikda ko‘chaboshi Ye.Qutlimuradov bilan hududni yanada obodlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
💬 Suhbat davomida yoshlarni daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirish va mahallani obodonlashtirish ishlariga faol jalb etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
📝 Bildirilgan taklif va murojaatlar deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi.
🌿 Obod mahalla — faqat bunyodkorlik ishlari emas, balki yoshlarning tashabbusi va faol ishtiroki bilan yaratiladi. “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugidagi o‘rganishlar davom etadi.