35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#deputat_nazorati Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Marg‘ilon shahar 2-son texnikumi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida texnikum direktori Gofurov Boxodirjon Mukimovich tomonidan ta'lim muassasasining bugungi faoliyati, o‘quv jarayonini tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda kasb-hunar ta'limini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda texnikumga 534 nafar o‘quvchi qabul qilingan bo‘lib, joriy yilda 594 nafar bitiruvchi ta'limni muvaffaqiyatli tamomlagan. Muassasada yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning bandligini ta'minlash va mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Deputat M.Mirzayev o‘rganish jarayonida ta'lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni takomillashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashdi.

Mazkur o‘rganishlar hududdagi ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5