35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahallada o‘rganish ishlari olib borildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan “Uzumzor” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiya holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2026-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan “Mahallalarga yangi muhit olib kirish” hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3