Deputat "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida", "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida" hamda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini olib boradi.
Shuningdek, "Vatanparvar" tashkiloti, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shovot tumani bo‘linmasi hamda Shovot tumani Kasaba uyushmalari Kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.