35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTAT TOMONIDAN QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR HAMDA YER KODEKSI IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Agrar,suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Ismailov Qamariddin Abdurahimovich deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi talablarining tumandagi ijrosini o‘rgandi.O‘rganishda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbari o‘rinbosari M.Mirortiqov bilan suxbatlashildi.Shuningdek, tadbirda Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.Suhbat davomida tumanda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni, jumladan, shpaler tizimini keng joriy etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash hamda yer resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi ijrosi yuzasidan mas’ullarga quyidagi masalalar
bo‘yicha savollar berildi:tumandagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, ayniqsa sug‘oriladigan yerlarni muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanish qanday ta’minlanmoqda? yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish yuzasidan qanday nazorat ishlari olib borilmoqda? bog‘dorchilik va uzumchilikda shpaler tizimini joriy etish bo‘yicha erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar qanday? yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha qanday amaliy choralar ko‘rilmoqda? fermer va dehqon xo‘jaliklariga agrotexnik xizmat ko‘rsatish hamda maslahat berish ishlari qay darajada tashkil etilgan? Mazkur savollar yuzasidan mas’ul xodimlarning batafsil axboroti tinglanib, qonun ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish hamda sohaga oid mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.O‘rganish yakunida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, agrotexnik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda dehqon va fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 4