#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi M. Kazakova tomonidan Fidokor mahallasi hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida tashkil etilib, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining manzilli va samarali amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|