#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan Nakurt mahallasida “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bozorkom mas’ullari bilan bozor hududida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, savdo rastalarining sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishda belgilangan me’yorlarga amal qilinishi, hududni toza saqlash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda bozor hududida sanitariya madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|