Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yosh sportchining xalqaro musobaqadagi yutug‘i munosib e’tirof etildi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar tashkil etiladi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar hissasi
янв.21
Bolalar yozgi oromgohlarga kuzatildi
янв.21
Deputat va saylovchilar ochiq muloqoti
янв.21
Deputat o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan deputat G‘.I. Abdullayevga biriktirilgan tegishli tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Kengash kotibiyati xodimlarining “Madad” NNT bilan o‘zaro hamkorligi.
янв.21
Deputat G‘.I. Abdullayevning “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala sessiya oldi ko‘rib chiqildi.
Mahallada ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi deputatlik nazoratida

Mazkur reja asosida O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-dekabrdagi O‘RQ–1101-son “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish maqsadida tayyorlangan savolnoma asosida mahallalarda tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💬Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari, doimiy komissiyalar, partiya deputatlik guruhlari hamda shahar Kengashiga saylangan 25 nafar deputatni o‘z saylov okruglaridagi mahallalarga “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida mas’ul (kurator) sifatida biriktirish jadvali asosida amaliy ishlar tashkil etilgan.

💬Bugun ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D. Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov tomonidan “Turon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

💬O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligi va shaffofligi yuzasidan batafsil tahlillar amalga oshirildi.

💬Alohida e’tibor Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishining 5-yo‘nalishi ijrosiga qaratildi. Xususan:

🟢ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🟢kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash jarayonlarining qonunchilik talablariga muvofiqligi;
🟢“Inson” ijtimoiy xizmatlar tizimi orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlarning samaradorligi;
🟢fuqarolar bilan individual ishlash, ehtiyojlarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish mexanizmlarining holati atroflicha o‘rganildi.

💬Monitoring jarayonida savolnoma natijalari tahlil qilinib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Zarur hollarda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida taklif va tavsiyalar kiritilib, ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatiladi.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan qonun hujjatlarining joylardagi ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mahallalarda davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettiriladi.