Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati tomonidan aholi bandligini taʼminlash, ishga joylashtirish jarayonlari hamda Yagona milliy mehnat tizimi (YAMMT) orqali amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Andijon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda YAMMT tizimining yuritilishi, ish o‘rinlari, fuqarolarni band qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan batafsil maʼlumot taqdim etish so‘ralgan.
Mazkur masala deputatlik nazorati doirasida o‘rganilib, natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.