Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat avtomobil ehtiyot qismlari bozori hududidagi ishlarni o‘rgandi

Deputat avtomobil ehtiyot qismlari bozori hududidagi ishlarni o‘rgandi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev “Avtomobil ehtiyot qismlari bozori” hududida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida bozor hududida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda savdo infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

Deputat hududni yanada obod qilish, savdo faoliyati uchun qulay muhit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash va tartibni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur tashrif deputatlarning joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish hamda hududlarni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 3