Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Hududlar rivojlanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan "O‘rmonbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi Raximova Kamolaxonning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, ta’limga jalb etish hamda davlat yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, mahalla hududida 639 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Hozirgi kunda ular orasida 4 nafar ishsiz yosh mavjud bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan manzilli ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda 18 nafar bitiruvchi umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tamomlagan bo‘lib, ularning barchasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga yo‘naltirilganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, hisobot davrida 20 nafar yosh mehnat bozoriga kirib kelgani, ularni doimiy ish bilan ta’minlash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1