Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlantirish sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputatlar Sh. Isamutdinov hamda A. Ergashev, shuningdek, Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov tomonidan Kogon shahridagi 17-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jarayoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, ularning sifati va sanitariya talablariga muvofiqligi, shuningdek, kunlik taomnoma asosida tayyorlanayotgan ovqatlarning pishirilish jarayoni hamda oshxona faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish eng ustuvor vazifalardan biri ekani yana bir bor alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, ovqatlantirish jarayonida sanitariya-gigiyena talablari va belgilangan me’yorlarga qat’iy rioya etilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4