Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "Gulchinor" mahallasi hududida joylashgan 24-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🔍 Nazorat davomida muassasada ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazaning holati, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda muassasa faoliyatining amaldagi talablar asosida tashkil etilishi joyiga chiqib o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi hamda ta’lim sifatini oshirish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ustuvor yo‘nalishlar ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bunday deputatlik nazoratlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, bolalar uchun munosib ta’lim-tarbiya muhitini yaratish hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3