Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat G‘.I. Abdullayev tomonidan “5-Pirtak” saylov okrugidagi “Boboshbek” mahallasida Kengash kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning ijtimoiy xodimi bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi
янв.21
Hududlar rivojlanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
📌 Sessiyaga kiritilayotgan axborotlarning haqqoniyligi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi Shovot tumani bo‘limi axborotining haqqoniyligi va joylardagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlarda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda deputat M. Madraximov ishtirok etib, Ipakchi mahallasida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini joyiga chiqib tahlil qildilar.
O‘rganish davomida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyoti, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi, Xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan axborotlarda aks etgan ma'lumotlarning amaldagi holatga mosligi atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mahalla "yettiligi"ning murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va mas'ul tashkilotlar bilan hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan sessiyalarda ko‘rib chiqilayotgan axborot va hisobotlarning ishonchliligini ta'minlash, ularning joylardagi ijrosini xolis baholash hamda fuqarolar murojaatlarining qonuniy yechim topishi ustidan deputatlik nazorati izchil olib borilmoqda. Bu kabi o‘rganishlar davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning hayotiyligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4