Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
#Jarayon
#Jarayon

O‘rta Chirchiqda yangi bog‘cha qurilishi — deputatlar nazoratida

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Abdug'apparova hamda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinovlar tumandagi "Oltiog‘il" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan yangi "Maktabgacha ta’lim muassasasi" binosining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

📌Ishchi guruh a’zolari qurilish maydonida bo‘lib, binoning poydevori loyiha hujjatlariga muvofiqligini, ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifatini ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, binoning issiqlik, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlanish tizimlari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish davomida mutasaddilar quyidagi masalalarga alohida urg‘u berishdi:

✅Xavfsizlik va qulaylik: Kelgusida bog‘chada tarbiyalanadigan jajji bolajonlarning xavfsiz harakatlanishi uchun barcha xonalar va o‘yin maydonchalarining talab darajasida bo‘lishi;

✅Zamonaviy shart-sharoitlar: Mashg‘ulot xonalari, oshxona va tibbiyot xonasining bugungi kun standartlariga mos ravishda loyihalashtirilganligi;

✅Obodonlashtirish ishlari: Muassasa hovlisida bolalar uchun yozgi ayvonchalar va ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar barpo etilishi holati.

📖O‘rganish yakunida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish hamda ichki va tashqi infratuzilma ishlarini jadallashtirish bo‘yicha pudrat tashkiloti mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Slide 1 of 2