Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
#_munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqaro standartlar asosida oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim dasturlarini joriy etish hamda nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflarning maʼqullangani mamlakatimiz taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadamdir.
Bugungi kunda raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish, zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni rivojlantirish, yoshlarning xalqaro mehnat bozorida munosib oʻrin egallashida sifatli taʼlim hal qiluvchi omil hisoblanadi. Xalqaro standartlarning joriy etilishi taʼlim sifati, oʻquv dasturlarining zamonaviyligi va bitiruvchilarning amaliy koʻnikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik hamkorlikning kengayishi esa professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa oʻz navbatida, yurtimizda zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarga ega kadrlar tayyorlash sifatini sezilarli darajada oshiradi.
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati sifatida ushbu islohotlarning hududlarda samarali amalga oshirilishini parlament va deputatlik nazorati orqali qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yoshlarning sifatli taʼlim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlarni muntazam oʻrganish va mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratamiz.
Zero, taʼlimga qaratilgan har bir investitsiya – mamlakatimiz kelajagiga, yoshlarimizning ertangi muvaffaqiyatiga qilingan eng muhim sarmoyadir.