Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Hududlar rivojlanishi o‘rganilmoqda
янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
Deputat mahalla fuqarolar yig‘ini "yettiligi" faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 1-Oqoltin saylov okrugidan saylangan deputat Choriyeva Dilfuza tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Shoymardanov bilan hamkorlikda tumandagi «Muzrabot darvoza» mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi" tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish, "mahallabay" ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta'minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda hududda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyat yuzasidan fikr almashildi.

Deputat tomonidan mahallada olib borilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullar bilan atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ijrosini ta'minlash, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning bandligini ta'minlash hamda hududni obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat o‘z vakolati doirasida mahallada aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mahalla "yettiligi" faoliyatini yanada takomillashtirish va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni doimiy qo‘llab-quvvatlashini ta'kidladi.

Slide 1 of 3