Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sportchi yoshlarning yutuqlari e’tirof etildi
янв.21
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul ” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Yoshlar issiqxona loyihalari bilan tanishdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
Tuman Kengashi raisi faoliyati: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, 15-«Baynalmilal» saylov okrugidan saylangan deputat Sayidali Nurmahmatov tomonidan aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy hal etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Shu maqsadda tuman Kengashi raisi tumandagi «At-Termiziy» mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurdi hamda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazdi.

Tashrif davomida mahalla aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik darajasi, shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish holati, tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari hamda oilalarni qiynayotgan mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.

Har bir xonadonda o‘tkazilgan suhbatlar chog‘ida tuman Kengashi raisi tomonidan deputatlik faoliyati doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Muloqotlar davomida mahalla aholisini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar hamda aniq vazifalar belgilab olindi.

O‘rganish yakunida tuman Kengashi raisi mahalla hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqot qildi. Aniqlangan muammolar deputatning ko‘chama-ko‘cha o‘rganish jurnaliga qayd etildi hamda har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5