Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Kengash kotibiyati mudiri hamda mutaxassislari ishtirokida joriy davrda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar, deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtirish, deputat so‘rovlari ijrosi, sessiyalarga tayyorgarlik hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida ta'minlash, "E-Kengash" tizimidagi ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan topshiriqlarni sifatli va o‘z muddatida bajarish yuzasidan mutaxassislarga tegishli vazifalar belgilab berildi.