Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
HAR BIR MUROJAAT – E’TIBORDA
янв.21
Mahalladagi ochiq muloqotlar xalq vakillari va aholi munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi
янв.21
Yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi
янв.21
Deputatlarning 2026-yilning birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-jadvali.
янв.21
Kengashning 13-17-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
O‘tgan hafta 6 – 10-iyul kunlari davomida Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida M. Eshtemirov mahallasi Anhor ko‘chasida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning to‘xtab qolgani yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida mazkur hudud uchun zarur bo‘lgan beton ustunlar, elektr simlari va traverslar viloyat tomonidan to‘liq ajratilgani, biroq ishlarning tuman darajasida amaliy ijrosi ta’minlanmayotgani aniqlandi.

Deputatlik so‘rovida:

♾ ishlarning to‘xtab qolish sabablari;
♾ mas’ul ijrochilar;
♾ qurilish-montaj ishlarini qayta boshlash va yakunlash muddatlari;
♾ muammoni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3