Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mahalla mas’ullari faoliyati va ijtimoiy soha ob’ektlari o‘rganildi
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari asosida belgilangan hududlarda o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Madad” NNT bilan hamkorlik yanada mustahkamlanadi
янв.21
Oilalarning uy-joy sharoitlari yaxshilanmoqda
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan o‘zining faoliyati davomida ma’lumotlar almashinuvi bo‘yicha biriktirilgan tashkilotning mas’ullari bilan uchrashuv olib borildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi.
янв.21
Deputat Z.V. Yo‘ldashova tomonidan “8-Puchug‘oy” saylov okrugidagi “Mashad” mahallasi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv va (24-tavsiya) o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi bilan muloqot
янв.21
Deputat mahalla mas’ullari bilan uchrashdi
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Arzonlashtirilgan sabzavot mahsulotlarining savdosi va saqlanish holati o‘rganildi

Arzonlashtirilgan sabzavot mahsulotlarining savdosi va saqlanish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gulshan Zokirovna Xasanova, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozorida monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida aholiga taklif etilayotgan arzonlashtirilgan sabzavot mahsulotlarining narxlari, sifati, yetarli miqdorda mavjudligi hamda ularning saqlanish sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, mahsulotlarni saqlashda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, savdo jarayonining belgilangan tartib asosida tashkil etilgani ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Bunday monitoring tadbirlari aholini sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda savdo xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5