Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShning yirik xalqaro investitsiya kompaniyasi BlackRock direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashuvi mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda strategik loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🌏Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida mazkur uchrashuv natijalari yurtimiz hududlarida ham investitsiya faolligini oshirish, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonaman.
🌏Bugungi kunda mamlakatimizda investitsiyalarni jalb qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligi oshirilmoqda, xususiy sektor qo‘llab-quvvatlanmoqda va hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilmoqda. Xalqaro nufuzli kompaniyalar bilan hamkorlikning mustahkamlanishi bu jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqadi.
🌏Biz, mahalliy Kengash deputatlari ham Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarning hududlarda samarali ijrosini ta’minlash, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi faoliyatimizni izchil davom ettiramiz.