Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Deputatlik so‘rovlari orqali Uchtepa tumanidagi kommunal va obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovlari orqali Uchtepa tumanidagi kommunal va obodonlashtirish masalalari ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Iftixor Ziyoyev tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O. Muminov hamda Uchtepa tumani hokimi B.B. Mamadjanov nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovlaridan birida Uchtepa tumani “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasi 24-uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati asosida ko‘p yillardan buyon dolzarb bo‘lib kelayotgan issiq suv quvurlarini rekonstruksiya qilish masalasi ko‘tarildi. Murojaatda mavjud issiq suv tarmoqlarining eskirgani va aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etilgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Iftixor Ziyoyev tomonidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i O. Muminovdan mazkur hududdagi issiq suv quvurlarining texnik holatini tegishli mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish, ularni rekonstruksiya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🏗 Shuningdek, deputat tomonidan Uchtepa tumani hokimi B.B. Mamadjanov nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovida Bog‘iston mahallasida 2024-yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida boshlangan qurilish va obodonlashtirish ishlari to‘liq yakunlanmagani yuzasidan fuqarolarning murojaatlari ko‘tarildi.

📍 Xususan, mahalladagi 7, 8 va 9-sonli ko‘p qavatli uylar hududida ariq va drenaj tizimlari, 1b, 2b va 3b ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari hamda asfalt qoplamalarini yakunlash zarurligi, shuningdek, ushbu uylar atrofida bolalar maydonchasi mavjud emasligi sababli bolalar uzoq hududlardagi maydonchalardan foydalanishga majbur bo‘layotgani qayd etilgan.

📝 Deputatlik so‘rovida mazkur hududni qisqa muddatlarda joyiga chiqib o‘rganish, “Obod mahalla” dasturi doirasida qolgan qurilish ishlarini yakunlash, bolalar maydonchasini barpo etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish hamda rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 Har ikki deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida yuborilgan bo‘lib, ko‘tarilgan masalalar deputat Iftixor Ziyoyev tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1