Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mahallalar va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masala kiritilgan.

Ushbu masalaning ijrosi va hududdagi haqiqiy holatni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida, tuman Kengashi raisi hamda mas’ul bo‘lim mudiri tumandagi 38-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi

38-sonli maktabda o‘tkazilgan o‘rganish natijalari, aniqlangan ijobiy tajribalar va yechimini kutayotgan masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida keng muhokama qilinadi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olinadi.