Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati J.Umarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi L.Toshquvvatovlar tomonidan Quyitosh mahallasi Turon ko‘chasi fuqarolarining murojaati asosida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, chiqindi to‘planishi holatlari, sanitariya-tozalik ishlarining tashkil etilishi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi.
Aniqlanishicha, ayrim holatlarda maishiy chiqindilarni belgilangan jadval asosida olib ketish ishlarida uzilishlar kuzatilayotgani sababli ko‘chalarda chiqindilar to‘planib qolishi holatlari yuzaga kelmoqda. Bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholi o‘rtasida haqli e’tirozlarni keltirib chiqarmoqda.
O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilotlar e’tibori chiqindi tashish xizmatlarini samarali tashkil etish, belgilangan grafikka qat’iy rioya qilish hamda aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish zarurligiga qaratildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
O‘rganish yakunida Turon ko‘chasida sanitariya va ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2