Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Fuqarolar murojaatlari asosida mahalla infratuzilmasi o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari asosida mahalla infratuzilmasi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan “18-Bogʻiston” okrugi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Bogʻiston mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva, mahalla raisi hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

📝 Qabul davomida 14–7-uy boshisi H.Ismailova ko‘p qavatli uyning orqa qismiga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, piyodalar yo‘lagiga qo‘shimcha yoritish ustunlarini joylashtirish hamda videokuzatuv kameralarini o‘rnatish yuzasidan murojaat qildi.

🕯 Mazkur murojaat yuzasidan deputat va mahalla raisi tomonidan hudud joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosli ekani tasdiqlanib, ularni tumannur korxonasi mutaxassislari ishtirokida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

📁 Shuningdek, fuqarolar tomonidan Bogʻiston mahallasida amalga oshirilayotgan "Obod mahalla" dasturi doirasidagi ayrim ishlar yakuniga yetkazilmagani yuzasidan ham murojaatlar bildirildi. Fuqarolarga xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi "Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida"gi III-29-42-14-202-K/26-sonli qarori bilan ushbu mahalladagi ishlarni yakunlash uchun zarur mablag‘lar ajratilgani hamda ishlar bosqichma-bosqich yakunlanishi rejalashtirilgani haqida tushuntirish berildi.

✅ O‘rganish yakunida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5