Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi — asosiy e'tiborda
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati F.Suyarov 23-Zarafshon saylov okrugida joylashgan "Zarafshon" mahallasida bo‘lib, u yerdagi "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
✅ Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi muammolarini hal etish;
✅ "Yettilik" tizimining o‘zaro muvofiqlashgan ishi;
✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi.
Muloqot davomida aholi farovonligini oshirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Maqsad: Har bir xonadonga kirish, muammolarni joyida o‘rganish va amaliy yordam berish.