Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tumanning “Sari-Qangli” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim D.Tursunbayeva faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" va boshqa tegishli axborot tizimlari orqali ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning ijtimoiy holatini baholash, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordam choralaridan foydalanishini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔺Shuningdek, hozirgi kunda reyestrda bo‘lgan 12 ta oila, kambag‘allik chegarasidagi 2 ta, davlat qaramog‘idagi 9 ta oilalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan fuqarolar bilan manzilli ishlash holati, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha suhbat o‘tkazildi.

🔺Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, har bir murojaat bo‘yicha aniq natijaga erishish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda sohaga oid hujjatlarni yuritish sifatiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1