Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDA OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH MASALASI O‘RGANILDI

Uchrashuv davomida mahalla xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda fuqarolarga huquqiy va ma’naviy tushuntirishlar berish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida tashkil etilib, mahallada oilalar barqarorligi, xotin-qizlar masalalari, ijtimoiy muhit, yoshlar tarbiyasi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

Ushbu jarayon O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunida oilaviy nizolarni kelishuv asosida hal etish, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda zarur hollarda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅ Yunusobod tumanida oilalar barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3