Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
Jamoatchilik eshituvida dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat o‘rganuvida natijadorlik
янв.21
Deputatlarning 2026-yil iyul oyi davomida o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlarini o‘tkazish reja-jadvali.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil iyul oyi uchun tasdiqlangan ish rejasi.
янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari U.Safarov va K.Mamanova Paxtakor mahallasida joylashgan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari doirasida faoliyat yuritayotgan ingliz tili to‘garagi bilan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar to‘garak mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali va mazmunli o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholadilar.

Shuningdek, yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning kelajakda raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishiga ko‘maklashuvchi bunday to‘garaklar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5