Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
Shuningdek, o‘rganish ishlari davom ettirilib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — shaharda yoshlarning yozgi ta'til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishda 13-Yoyilma saylov okrugi hududida joylashgan 17-sonli umumta'lim maktabida faoliyat yuritayotgan "Shodlik" yozgi oromgohining faoliyati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida oromgohda bolalarning xavfsizligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma'naviy-ma'rifiy hamda sport tadbirlarini yo‘lga qo‘yish, yaratilgan shart-sharoitlar va dam oluvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar holati tahlil qilindi.

Mazkur masala Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi deputat A.Mahkamovga biriktirilgan bo‘lib, o‘rganish hudud deputati X.Abdurahmonov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, tegishli taklif va tavsiyalar navbatdagi sessiyada muhokama etilishi hamda yoshlarning yozgi ta'tilini yanada mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 7