Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Tuproq‌qala tumani Kengashi

📅 Dushanba | 22-iyun
🩺 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
👥 “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🌱 “Yashil makon” va “Yashil bog‘” dasturlari ijrosi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi.

📅 Seshanba | 23-iyun
💼 Mehnat yarmarkasida 70 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
👶 9-son MTTda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar va katering tizimi o‘rganildi.
🏛 Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tarkibi e’lon qilindi.

📅 Chorshanba | 24-iyun
🤝 “Yoshlar” MFYda fuqarolar bilan uchrashib, dolzarb masalalar o‘rganildi.
👨‍👩‍👧 “Inson” markazi bilan hamkorlikda ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.
👥 Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, bandlik va tashabbuslar muhokama qilindi.
👩 Xotin-qizlar bandligi va “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📄 Qo‘shimcha tomorqa sug‘orish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritildi.

📅 Payshanba | 25-iyun
📋 Hokimlikka kelib tushgan 316 ta murojaat ijrosi deputatlar nazoratida o‘rganildi.
🤝 Pensiya jamg‘armasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
🏢 Majburiy ijro byurosining yangi ma’muriy binosi qurilishi loyihasi o‘rganildi.
👥 “Payshanba — yoshlar kuni” tadbirlari yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
👤 Ishsiz fuqarolar qabuli tashkil qilinib, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tushuntirish berildi.
💰 Tuman budjetining qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

📅 Juma | 26-iyun
🛡 Mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
⚖️ Huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
🌿 Ekologiya va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha ishlar o‘rganildi.
📢 Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan targ‘ibot ishlari olib borildi.
💼 Bandlik masalalari yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
⚡️ “Energosavdo” filiali faoliyati, murojaatlar bilan ishlash va elektr ta’minoti sifati o‘rganildi.