Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi deputat e'tiborida.

Tashrif davomida go‘sht mahsulotlarining sifati, saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda aholiga taklif etilayotgan narx-navolar o‘rganildi.

Deputat tadbirkor va savdo shoxobchasi mas'ullari bilan suhbatlashib, aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, narxlarning barqarorligini saqlash hamda iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

Shuningdek, xaridorlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan saylov okrugidagi savdo shoxobchalari faoliyatini o‘rganish, aholiga yaratilayotgan xizmatlar sifati va iste'mol bozori holatini monitoring qilish ishlari muntazam davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5