Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yo‘l-qurilishi va piyodalar yo‘lagini barpo etishda xavfsizlik talarblari o‘rganildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyatidagi samaradorlik o‘rganildi
янв.21
Mahalla mas’ullari hamkorligi o‘rganildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish — muhim jarayon hisoblanadi
янв.21
Deputatlar faoliyatida samaradorlikka erishish bo‘yicha ochiq muloqot
янв.21
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
янв.21
Yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida issiqxonalar qurilmoqda
янв.21
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi o‘rganilmoqda
янв.21
Iijtimoiy muammolar va aholi bandligini ta’minlash
янв.21
Ko‘chatchilikka ixtisoslashtirilgan issiqxonalar o‘rganilmoqda
Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman markaziy kutubxonasi hamda axborot-kutubxona markazi faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida deputat kutubxonadagi kitob fondi, o‘quv zallari, elektron axborot resurslari, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tizimi hamda kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, kutubxonada aholi, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘zdan kechirildi.

🔺Deputat kutubxona rahbariyati va xodimlari bilan suhbatlashib, muassasa faoliyatida mavjud muammo va takliflar, kitob fondini boyitish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda kitobxonlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalarini muhokama qildi.

🔺O‘rganish yakunida aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida mutolaaga qiziqishni kuchaytirish, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada yaxshilash hamda kutubxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6