🏛 Baxmal tumanida ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari doirasida hududlarda navbatdagi monitoring ishlari olib borildi.
Kengash kotibiyat mudiri B.Amanov hamda Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari A.Mirfozilov tumandagi ko‘p qavatli uylarning bugungi holati va kommunal sharoitlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandilar.
📋 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda uylar atrofini obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi.