Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

23-iyun – Davlat xizmati xodimlari kuni.

Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz tahsinga sazovordir. Sizning mas’uliyatli faoliyatingiz, Vatanga sadoqatingiz va xalq manfaatlariga xizmat qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

💬 Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar hamda yangi zafarlar tilaymiz.

🫥Bayramingiz muborak bo‘lsin!