Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalardan kelib chiqib amalga oshirildi.

O‘rganish davomida maktab binosi va sinfxonalarning holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya va xavfsizlik talablariga rioya etilishi, darsliklar bilan ta’minlash hamda o‘quvchilarni maktabga qabul qilish ishlarining tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, maktab faoliyatida mavjud ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan maktab rahbariyati bilan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅ Ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarligini ta’minlash va o‘quvchilarga sifatli ta’lim olish uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4