Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyozov “Islomobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan muammolar va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash va ko‘chalarni yoritish tizimini yaxshilash masaga e'tibor qaratildi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt talab qiladigan qo‘shimcha muammolar esa deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga so‘rovlar yuborish orqali qisqa
muddatlarda yechim topishi belgilandi.