Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
Deputatlik so‘rovi amaliy natija berdi

Oldin xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich tomonidan fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilgan edi.

📍 Jumladan, deputat tomonidan “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazov nomiga yuborilgan deputatlik so‘rovida “Taxiatosh” MFY hududidagi Xo‘jayli va Anhor ko‘chalari kesishmasida ichimlik suvi quvurining yorilishi oqibatida suvning isrof bo‘layotgani hamda ushbu holatni bartaraf etish zarurligi ko‘tarilgan edi.

🔍 Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, masala mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.

🚰 Bugun esa amaliy natija sifatida “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali slesarlari tomonidan nosozlik bartaraf etilib, ichimlik suvi quvuri ta’mirlandi hamda suv isrof bo‘lishining oldi olindi.

📌 Deputatlik nazorati va fuqarolar murojaatlariga asoslangan amaliy ishlar hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining turmush sifatini yaxshilash hamda kommunal infratuzilmani yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 1