Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
янв.21
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Deputat so‘rovi

Deputatlik nazorati doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova tomonidan shahar hududlarida chiqindi qutilari (urnalar)ni o‘rnatish va ulardan foydalanish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablarining ijrosi yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosari M.Sotvoldievga deputat so‘rovi yuborildi.

Unda markaziy va gavjum ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, istirohat bog‘lari, bozorlar, savdo majmualari hamda ko‘p kvartirali uy-joylar hududlarida chiqindi qutilarini o‘rnatish me’yorlariga rioya etilishi, ularni muntazam bo‘shatish va sanitariya holatini saqlash ishlari qay darajada tashkil etilgani yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish so‘ralgan.

Mazkur masala bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning faoliyati, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.