Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
янв.21
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiya dasturi ijrosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputatlari O‘zXDP a’zosi A.Ismatov, “Milliy tiklanish” DP a’zosi K.Shukurov, shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova ishtirokida 2026-yil investitsiya dasturiga kiritilgan 5-sonli maktabda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda Toshkent viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi VII-26-3-10-0-K/26-son qarori asosida "Yoshlik" MFYdagi 1320 o‘rinli 5-son maktabni mukammal ta’mirlash uchun respublika byudjetidan 18480,0
mln.so‘m mablag‘
tasdiqlangan Biroq, loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqarish jarayonida 13700,0 mln.so‘mi qoldirilgan va ushbu mablag‘dan
kelib chiqqan holda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Natijada bir qator muhim yo‘nalishlarda mablag‘ yetishmasligi oqibatida ishlar
to‘liq bajarilmaslik xavfi mavjud. Jumladan, o‘rganish natijasida boshlang‘ich sinf xonalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-maydagi 297-son qarori talablari asosida “Toza qo‘llar” dasturi asosida qo‘l yuvish rakvinalarini o‘rnatish ishlari loyihada ko‘zda tutilmagan. Ushbu holat sanitariya-gigiena talablariga zid hisoblanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 536-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda maktab binosi ichidagi ichki yong‘in o‘chirish kranlari yillar davomida foydalanish natijasida
yaroqsiz holatga kelganligi bois yangilanishi lozim. Ushbu masalada vakolatli FVB Yong‘inni o‘chirish qismidan malakali mutaxassislarning asosli xulosasini olish va shu asosda loyiha smeta hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish lozim. Buning natijasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va yong‘in o‘chirish vositalari yong‘inning oldini olishni, sodir bo‘lish xavfini kamaytirishni, yong‘in rivojlanishi va uning xavfli omillari tarqalib ketishini cheklashni, yong‘inni o‘chirishni, odamlarni qutqarishni, inson hayoti va sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof muhitni yong‘indan himoya qilishga
erishiladi.
O‘rganish davomida yuqoridagi masalalar deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.  

Slide 1 of 3