Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda
янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi.
MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

 MAHALLA FAOLLARI VA NURONIYLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi Z.Ashurov, Kengash huzuridagi
Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida Toshxovuz mahalla fuqarolar
yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan mahallada amalga
oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.


O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga
muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va
xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda
mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, mahalla faollari va nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazilib,
mamlakatimiz hamda tumanimizda aholi farovonligini oshirish, mahallalar
infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish
o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida fikr
almashildi.

Muloqot davomida fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal
etish yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Shu bilan birga, mahalla
institutining aholi muammolarini joyida hal etishdagi o‘rni va mas’uliyatini
yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.


Aholi farovonligi, mahalla taraqqiyoti va inson qadrini ta’minlashga qaratilgan
ishlar doimiy e’tibor markazida.
  

Slide 1 of 3