Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
янв.21
Ijtimoiy infratuzlma rivoji va obodonlashtirish - muhim jarayon
янв.21
“Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Romitan tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni samarali nazoratni amalga oshirish rejasi deputat nazoratida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori asosida «Poyjo‘y» MFY hududida yangi umumta’lim maktabi qurilish ishlarni borish holati  xalq deputatlari tuman Kengashi tuman Kengashi deputati M.Atoyeva ishtirokida atroflicha o’rganildi.
Ilgari mahalladagi 700 nafarga yaqin maktab o’quvchisi bir necha chaqirim yo’l bosib, katta magistral yo’l orqali 19-maktabga qatnashga majbur edi. Bu nafaqat bolalar uchun charchoq, balki har bir ota-ona uchun doimiy xavotir manbai edi.
"Mahallada yangi maktab qurilayotganini eshitib, ayniqsa, onalarning boshi osmonga yetdi. Katta yo’l bo’ylab bolalarning qatnovi bizni doim xavotirga solardi. Bu mahallamiz uchun haqiqiy bayram bo’ldi", — deydi mahalla xotin-qizlar faoli Roziya Rahimova.
Deputat o’rganishlari davomida qurilish ishlarining sifati va sur’ati bilan yaqindan tanishdi. Hozirda "Bobur Azamat Temur" MChJ quruvchilari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Slide 1 of 1