Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat N.D. Imomaliyeva tomonidan “12-Gul” saylov okrugidagi “Mirzaxo‘ja” mahallasi faollari bilan navbatdagi uchrashuv va o‘rganishlar olib borildi.
янв.21
Barqarorlik – mahalla xavfsizligidan boshlanadi
янв.21
Mahallaga mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muammolar mahalla doirasida qay darajada hal etilmoqda...
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yangi intensiv bog‘lar
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI...
янв.21
Kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar xatlovi o‘rganilmoqda
“Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌳 Deputatlik so‘rovi natijasida “Paxta” mahallasidagi obodonlashtirish masalalari ijobiy hal etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov tomonidan Olmazor tumani hokimligiga yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan rasmiy javob xatlari kelib tushdi.

📍 Eslatib o‘tamiz, deputat tomonidan Olmazor tumani 10-Chuqursoy saylov okrugidagi “Paxta” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi, mahalla faollari va mutasaddilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ko‘tarilgan masalalar asosida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. Unda Noraztepa ko‘chasidagi daraxt va butalarning tartibsiz o‘sib ketgani, ayrim shoxlar elektr simyog‘ochlariga tegib turgani, yashil hududlarni saqlash, sug‘orish tizimlari holati hamda hududdagi obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etilgan edi.

📝 Olmazor tumani hokimligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, murojaatda ko‘rsatilgan masalalar belgilangan tartibda o‘rganilib, Noraztepa ko‘chasidagi daraxt va butalarni tartibga keltirish, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan shoxlarni kesish, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sug‘orish tizimlarini nazorat qilish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha tegishli amaliy ishlar amalga oshirilgan.

🌿 Qayd etilishicha, hozirgi kunda hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ijobiy hal etilib, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar bartaraf etilgan.

🏗 Shuningdek, deputat tomonidan ko‘tarilgan yana bir masala — “Paxta” mahallasida zamonaviy Mahalla markazini barpo etish ishlari yuzasidan ham ma’lumot berildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-fevraldagi PQ–4602-son hamda 2024-yil 16-yanvardagi PQ–25-son qarorlari ijrosi doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida namunali mahalla markazlarini tashkil etish ishlari olib borilayotgani bildirildi.

📊 Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, “Paxta” mahallasida barpo etilayotgan Mahalla markazida qurilish-ta’mirlash ishlari bugungi kunda 70 foizga bajarilgan bo‘lib, loyiha “STROITELSTVO I SERVISI” MChJ pudratchi korxonasi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🤝 Mazkur javoblar deputatlik nazoratining amaliy natijasi sifatida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarning yechim topishiga xizmat qilmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini bartaraf etish va mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1