Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov shahardagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida markazda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, elektron xizmatlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish va aholi, ayniqsa yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Axborot-kutubxona markazlari jamiyatda ma’rifat va tafakkur rivojiga xizmat qiluvchi muhim maskanlardan biri bo‘lib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish doimo e’tibor markazida bo‘lishi lozim.

Slide 1 of 2