Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ijtimoiy barqorlik – mahalladan boshlanadi
янв.21
Hududdagi madaniy meros ob’ekti o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar turmush tarzi, yashash sharoitlari va muammol o‘rganildi
янв.21
Kengashning 29-30-iyun – 1-3-iyul kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Kengash faoliyatida eng dolzarb axborotlar aks etgan haftalik dayjest.
янв.21
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Oiladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit o‘rganildi
янв.21
Mahalla o‘smir-yoshlari deputatga murojaat bilan chiqdilar
Deputat mahallada Deputatlik nazorati: Cheka hududlarda tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi bosh mezon

 Deputatlik nazorati: Cheka
hududlarda tibbiy xizmat sifati va aholi roziligi bosh mezon
 

Aholiga o‘z vaqtida, sifatli
va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini baholash, sog‘liqni saqlash
muassasalaridagi sharoitlarni izchil yaxshilash maqsadida tizimli nazorat
tadbirlari olib borilmoqda.
 

Xususan, Xalq deputatlari
Piskent tuman Kengashidagi 20-Kultepa saylov okrugi deputati (XDP partiya
guruhi a’zosi) G.G‘ulomxonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
G.Xudoyqulova tomonidan “Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan
Oilaviy poliklinika faoliyati atroflicha o‘rganildi.
 

 Uzog‘i yaqin bo‘lgan mahalladoshlar quvonchi:
Mazkur tibbiyot maskani tuman markazidan ancha uzoq bo‘lgan hududda
joylashganiga qaramay, bu yerda bemorlar va soha xodimlari uchun barcha zarur
sharoitlar yaratilgan.
 

E’tirof va mamnunlik:
O‘rganish davomida shifokorlar qabuliga kelgan fuqarolar bilan
suhbatlashilganda, ular tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatidan, shirinso‘z tibbiyot
xodimlaridan va yaratilgan qulayliklardan juda mamnun ekanliklarini
bildirdilar. Inson qadri ulug‘langan yurtimizda bu kabi tibbiyot maskanlari
xalqimizning salomatligini muhofaza qilishda muhim poydevor bo‘lib xizmat
qilmoqda.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) 

 Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ 

   

Slide 1 of 4