Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Shifoxonada davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi
янв.21
Kengashning 22 – 26-iyun kunlariga mo‘ljallangan ish rejasi.
янв.21
Ta’lim maskanlari yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlanadi
янв.21
Hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlar natijadorilgi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lishi zarur...
янв.21
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
янв.21
Aholi murojaatlari mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganiladi
янв.21
Zamonaviy markaz foydalanishga topshirildi!
янв.21
Murojaatlar doimiy e’tiborda, shuningdek, “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasidagi ihlar izchil davom etmoqda.
#deputat_sorovi_ijrosi

Toyloq tumani Kengashi deputati Qobilov Abdullo Daminovning 2026-yil 10-apreldagi deputatlik so‘rovi yuzasidan Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Unda “Olmazor” mahalla hududida maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi sababli aholida yuzaga kelayotgan muammolar ko‘tarilib, hududda yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurish taklifi ilgari surilgan.

O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, mazkur hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud emasligi bois 3–6 yoshdagi 109 nafar bolalar 3–4 km uzoqlikdagi 9- va 40-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnab kelmoqda.

Mazkur holatni inobatga olib, PQ-393-sonli qarorga muvofiq hududda 120 o‘rinli zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish bo‘yicha taklif kiritilgan bo‘lib, hozirda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi